Turli texnologik uskunalar va sistemalar talab etilgan vazifalarni bajarishi uchun biron bir
boshqarish jarayonini tashkillashtirish lozim. Boshqarish jarayoni “qo`l” usulida yoki
umumiy holda avtomatik boshqarish sistemalari deb ataluvchi texnik vositalar birligi orqali
amalga oshiriladi.
Avtomatik boshqarish sistemalarini tadbiq etish va rivojlantirishning zarurligi o`z
ichiga elementar bazani, tahlil va sintezning nazariy masalalarini, loyihalashtirish va talab
etilgan ishonchlilikni ta`minlovchi alohida ilmiy – texnik yo`nalishning yaratilishiga sabab
bo`ldi. Shu bilan birga bu alohida yo`nalish elektronika, matematika shuningdek fan va
texnikaning boshqa bo`limlari bilan uzviy bog’liqdir. Tahlil etilayotgan masalalar eng
umumiy bo`lib avtomatik boshqarish va rostlash sistemalarida kechayotgan jarayonlarni
yagona nuqtai nazardan xarakteristikalaydi.