O’tmishdagi shoirlar orasida xalq ommasi ichiga Mashrabdek kirib borgan va shuhrat topgan ikkinchi bir shoirni topish qiyin. Mashrab xalq xotirasida qalamidan ilohiy she’rlar to’kilgan shoirgina emas, ikkiyuzlamachilikning, soxtakorlikning, nafsga qullikning shafqatsiz dushmani sifatida ham qolgan.