Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi: Ma`lumki, matematika fanida shunday usullar borki, bu usullar matematika fanining deyarli barcha bo`limlarida uchraydi. Bunday usullardan biri ketma-ket yaqinlashish usulidir. Bu usul barcha turdagi tenglamalarni yechishda qo`llaniladi. Tenglamalarni o`rganish asosan uchta masalani o`rganishga keladi; tenglama yechimining mavjudligi, yagonaligi va turg`unligi masalalaridir.