Grig Kopengagenda yashagan davrida (1863—1866) “Poetik rasmlar”, “Yumoreskalar”, fortepiano uchun sonata birinchi skripka uchun sonatasi va qo`shiqlar yaratadi. Lirik “Poetik rasmlar’da (1863) norveg xalq musiqasi qirralari namoyon bo`lgan. “Yumoreskalar” singari janriy ishlanmalarda ham (1865) xalq raqslarining o`ynoqi ritmi jaranglaydi, norveg musiqasiga xos bo`lgan lidiy lad ohanglarining rang-barangligi uchraydi.