Fan va texnikaning taraqqiy etishi tufayli, sayyoramizning ko`p mamlakatlarida sanoat korxonalari va transport vositalari juda ko`paydi. Ko`payib borayotgan aholini oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanoat mahsulotlari bilan ta`minlash uchun tabiiy boyliklar behisob olina boshlandi. Buning natijasida korxonalar va transport vositalaridan chiqqan zaharli chiqindilarning biosferaga ta`siri kuchaydi.