Tеrmodinamik muvozanat uzoq bo’lgan fizik sistemalar holatini o`rganish, rivojlanayotgan fizikada fundamеntal muammolardan biridir. Fizik jarayonlarning koopеrativ xaraktеri va katta o’lchamlarda mos kelishi ximiya va biologiyadagi muammolarni ham qamraydi. Suyuq kristall holatni hosil qiluvchi mezogen moddalar alohida qiziqish uyg’otadi, chunki ular texnika va meditsinada keng amaliy qo’llanilmoqda. Suyuq kristallarda sodir bo’layotgan jarayonlar fizikasi hozir davrda ham to’liq o’rganilmagan. Diqqatni jalb qiluvchi bunday ob’yektlardagi kritik hodisalar boshqa kritik hadisalar bilan o’xshash tomonlari ham mavjud lekin shu bilan birgalikda o’ziga xos simmetriya tiplari turliligi va tartib turli parametrlarining o’zaro ta’siriga bog’liq xususiyatlari ham bor.