Mustaqillik o`zbek xalqi uchun tamomila yangi davr, tub burilishdir. Bu davrda xalqimizning ajralmas huquqi, o`z taqdirini o`zi belgilash huquqi ro`yobga chiqarildi. Xalqning muqaddas orzusi ushaldi. O`zbekiston parlament yo`li bilan o`zining haqiqiy davlatchiligiga erishdi.