Hasharotlarning (Insesta) termitlar (Isoptera) turkumiga mansub vakillari tabiatda juda keng tarqalgan bo`lib, ular tuproq bilan bog`liq bo`lgan turli ekologik muhitlarda jamoa hosil qilib hayot kechiradi. Fanda termitlarning 2800 turi ma’lum bo`lib, ulardan 160 turi zararkunanda sifatida qayd qilingan.