Yuqori sifatli konservalangan mahsulot ishlab chiqarish, xom ashyoning isrof bo`lishiga yo`l qo`ymaslik hamda xo`jalik a’zolarining transport xarajatini kamaytirish maqsadida konservalash korxonalari bevosita xo`jalik hududida quriladi. Qayta ishlash chiqitlari xo`jalikning o`zida qoladi va chorvani boqishda foydalaniladi.