"Bitiruv malakaviy ish biologiya fanini o`qitish texnologiyalari va darsni tashkil etish yo`llariga bag`ishlangan. Unda o`quvchilar o`zlashtirishini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni o`quv jarayonlarida qo`llashdek dolzarb va katta ahamiyatga ega muammo olib chiqilgan. Zoologiyani o`qitishda hayvonlar haqida ma’lumot berish bilan birga gigienik va ma’naviy axloqiy, ma’naviy-axloqiy tarbiya berish va vatanparvarlik g`oyalarini singdirish masalalari yoritilgan.
Zoologiyadan o`quvchilarning o`z-o`zini baholashi va bilimni nazorat qilishda foydalaniladigan test topshiriq xillari, o`z-o`zini baholash va bilimni nazorat qilish texnologiyasining mazmun moxiyati va ahamiyati keltirilgan. Bilimni baholashda matematik formula va amallardan foydalanish o`quvchilarni mantiqiy aniq va tez fikrlashga undaydi, o`quv jarayonini faol tashkil etishga yordam beradi.
O`z – o`zini baholash texnologiyasi asosida tashkil etilgan darslarda o`zlashtirish sifati oshishi tajrabalar asosida isbotlangan. Bu jadval va diagrammalar o`z aksini topgan
"