Borliqni realistik tasvirlash talabalarga nafaqat amaliy bilimlarni beribgina qolmay, balki ularning umumiy dunyoqarashlarini o’stirishda katta ahamiyatga ega. Realistik tasvirlash san’ati, shuningdek yoshlarda borliqni haqqoniy obrazlarda ifoda etish mahoratlarini rivojlantiradi.
Rasm chizishni o’rganish talabalarga atrofdagi jismlarning hajmini haqqoniy tasvirlash bilan birga, ularning estetik didlarini ham o’stirishda katta ahamiyatga ega.