Turizm industriyasi – bu mehmonxonalar, transport vositalari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, davolash va sog`lomlashtirish maskanlari va ekskursiya gid-tarjimonlik xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotlar majmuasidir. Mehmonxona xizmatlari turizm industriyasining eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. O`zbekistonda mehmonxona industriyasi faoliyati xalqimiz mehmondo`stligining timsoliga aylanmog`i lozim.