Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xizmat ko’rsatish sohasidagi turizm xizmatlari iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu yo’nalishdagi ishlar hozir ham davom etmoqda.