Iqtisodiyotning rivoji va mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmining o`sishida turizmning, xususan, xalqaro turizmning o`rni beqiyos. Dunyoning ko`pgina mamlakatlarida davlat byudjetining katta qismi aynan xalqaro turizm orqali kelgan daromadlardan shakllanadi. O`zbekistonda ham turizmni rivojlantirish va shu yo`l bilan yurtimiz iqtisodiy qudratini oshirish bo`yicha katta imkoniyatlar mavjud. Jahon tajribasi har to`rtta sayyoh bitta yangi ish o`rni yaratishini ko`rsatmoqda. Shunday ekan, bu masala juda dolzarb ahamiyat kasb etishi tabiiy.