Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalari bank daromadining muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Biroq, mamlakatimiz qimmatli qog`ozlar bozoriga nazar tashlaydigan bo`lsak, tijorat banklari tomonidan faqatgina an’anaviy bank operatsiyalari amalga oshirilishi bilan cheklanib qolinmoqda.