Bugungi kunda iqtisodiyotni tarkibiy o`zgartirish va modernizatsiya qilish,texnik va texnologik jihatdan yangilanish jarayonida ustuvor loyihalarni moliyalashtirishda tijorat banklari muhim o`rin tutadi. Jahon amaliyotidan ma’lumki, banklarning investitsion kreditlash faoliyati bevosita iqtisodiyotning o`sishini ta’minlab beruvchi asosiy omil hisoblanadi.