Noma’lum funksiya‚ uning turli hosilalari va erkli o’zgaruvchilar qatnashgan tenglama differensial tenglama deyiladi. Agar noma’lum funksiya ko’p argumentli bo’lsa va tenglamaga funksiyaning shu argumentlar bo’yicha xususiy hosilalari qatnashsa, bunday tenglama xususiy hosilali differensial tenglama deyiladi.