Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015 yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o’rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig’i aynan ana shu tarmoqlar xissasiga to’g’ri kelmoqda.