Respublikamizda olib borilayatgan islohatlar ta’lim sohasida ham uzluksiz o`zgarishlarni amalga oshirishni taqazo etmoqda. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o`tish kadrlarni tayyorlash sohasida jaxon andozalariga mos ravishda tub o`zgarishlar qilinishini talab etadi. Ma’lumki, xo`jaliklar, korxonalar va tashkilotlarning samarali ishlashini undagi mavjud bo`lgan malakali va bilimli xodimlar ta’minlaydi. Shu jixatdan xozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon mutaxasislarni shakllantirishga erishish muxim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir.