Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish
Daraja:
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi
Yo'nalish:
Ilmiy-ta`limiy
Turi:
Darslik
Nashr etilgan yili:
2013
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilan vaqti:
2021-04-12 19:10:56
Darslikning asosiy qismi va ilovasida berilgan ta’limiy o`quv materiallari mazmuni o`quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma nutqini rasmiy-idoraviy uslub me’yorlari asosida to`g`ri shakllantirishga, hujjatchilik — munshaot ishini puxta egallashlariga qaratilgan. Ushbu maqsadda adabiy til me’yorlari, matn qurilishi, hujjat turlari va ularning tarkibiy qismlari, to`g`ri hujjatlashtirish yo`llari kabi masalalar yuzasidan ixcham va tushunarli tilda zarur nazariy ma’lumotlar «Bilib oling», «Esda tuting» ruknlari ostida berilgan. Nazariy mavzular sifatida ajratilgan «Til va nutq», «Yozma nutq savodxonligi», «Adabiy til me’yorlari», «Nutqning uslubiy shakllari», «Matn turlari va tarkibi», «Hujjat turlari va ish yuritish asoslari» qismlari darslikda yagona uslubiyotga bo`ysundirilgan tarzda talabalarning ham nazariy bilimlarini oshirishga, ham nutqiy savodxonlik bo`yicha amaliy ko`nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Talabalarning davlat tilida ish yuritish qobiliyatini o`stirishga qaratilgan nazariy-amaliy materialga turli shakl va mazmundagi matnlar, ish qog`ozlari, hujjatlar namunasini tuzish, ularda mantiqiy izchillikni ta’minlash hamda zarur leksik-sintaktik vositalardan o`rinli foydalanish usullarini o`rgatishda fan o`qituvchisi darslikdagi mashq va topshiriqlarni to`liq bajartirishi, ularni to`ldirishi maqsadga muvofiq bo`ladi.

Дабавлено : 2021-04-12 19:10:56

Этот категорий

Гўшт маҳсулотлари ишлаб чиқариш корхоналарининг жиҳозлари

Хўжалик процессуал ҳуқуқи

Binolarning muhandislik jihozlari

Оқушыларды қазақ тілі сабағына қызықтырудың кейбір көрінісі

Gazlamashunoslik

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш