XX asr oxiri o’zbek xalqi tarixida olamshumul ahamiyatga molik davr bo’ldi. O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’liga kirdi, asriy orzusi ushalgan xalq o’z taqdirini o’z qo’li bilan yaratadigan bo’ldi. Kelajagi buyuk davlatni qurish va mustaxkamlash uchun jamiyatni harakatga keltiruvchi komil insonlarni yetishtirish talab etiladi. Buning uchun jamiyatning har bir a’zosi dastavval, o’zligini anglashi kerak.