O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, «Ta`lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni yetkazish to`g`risida»gi Farmoni (08.10.1997 yil), «Ta`lim to`g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etish - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu dasturiy hujjatlarda kadrlarning mamlakatimizni iqtisodiy ravnaq topishini ta`minlashda- hal qiluvchi rol o`ynashi hisobga olingan.