Chet davlatlarda biogaz sintezi va undan unumli foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Qisqa muddat ichida kupchilik dunyo mamlakatlarida biogaz ishlab chiqarish industriyasi paydo bo’ldi. Bu sohada Xitoy davlati karvonbozchilik qilmoqda.O’tgan asrning 70 yillarida Xitoy davlatida biogaz olishning Milliy Dasturi ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda Xitoy davlatida 10 milliondan ortiq metatenmerlar faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Bundan tashqari 40000 biogaz stansiyalari faoliyat ko`rsatib, 190 elektrostansiyalarni elektr energiyasi ishlab chiqarishiga imkon yaratmoqda.