Ma`lumki, sellulozaning o`zi yuqori xelatlik qobiliyatiga ega emas. Selluloza tolalarining tuzilishida chidamli rang berish qobiliyatiga ega bo`lgan rangli metal komplekslarni singdirishi uchun unig strukturasiga aminoguruhdagi polimer substratni kiritish kerak. Aminoguruhlar azot ustida bo`linmagan electron juftlarga ega v ametall bilan kovalaent bog`ni hosi lqilishi mumkin. Polimer substrat molekulasida birlamchi amino guruhlar borligi yuqori faollikka egabo`lgan diazoniy tuzlarini olish bilan ularni diazotirlashga imkon beradi. Diazoniy tuzining fenollar yoki aminlar bilan birlashuvi natijasida rangl ibirikmalar hosil bo`ladi.
Yuqorida aytilganidek, polyvalent metal tuzlarini qo`llab paxta asosidagi matolarni bo`yashda metallkomplekslarini hosil qilish yo`li bilan kompozitsiyalarning effektiv tarkibini ishlabc hiqish va bo`yash texnologiyasini yaratish dolzarb muammo hisoblanadi.