Hozirgi paytda texnika va texnologiyalar rivojlangani sari axborot almashinuvi ham tezlashib bormoqda. Tabiiyki, shiddatli axborot oqimi jarayoni yosh avlodni ham chetlab o’tmaydi. Foydalanish uchun turli texnik vositalar hamda multimediya apparatlari ishlab chiqarilmoqda. Bunday qulay axborot tizimi yosh avlodni, o’quvchi va talabalarni kundalik darsdan ko’ra ko’proq o’ziga jalb qiladi. Shu o’rinda tabiiy bir savol tug’iladi: biz o’quvchi va talabalrning e’tiborini tortgan multimediya, kompyuter texnalogiyalari va texnik vositalarni dars jarayonida qo’llasak qanday samara berishi mumkin?