XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat asrida axborot texnologiyalarning roli va o`rni kundan – kunga o`sib boraveradi, hamda har bir jabhaning ajralmas qismiga aylanib boradi. Bugungi kunda hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tassavur etib bo`lmaydi. O`zbekistonda ta`lim jarayonida AKTni qo`llash bo`yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me`yoriy asoslari yaratilgan.