Mamlakat qishloq xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar muhtaram
Prezidentimiz I.Karimov tomonidan belgilab berilgan besh tamoyil asosida
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab,
qishloqda aholi uchun qulay va zamonoviy shart-sharoitlarni yaratish davlat
siyosatining ustuvor yo’nalishlari sifatida qaraldi.