Biosfera (yunoncha "bios" - hayot, "sfera" - shar so’zlaridan olingan) – Yer atmosferasining quyi qismidan, gidrosferadan va litosferaning yuqori qismidan tashkil topgan bo’lib, unda tirik organizmlar yashaydi. «Hayot qobig’i»ning sinonimi; Tirik moddalarning qatlami; Yer usti va suv sirti biosenozlarining to’plami; Yerning eng yirik (global) ekosistemasi. Biosfera termini 1875 yili E.Zyuss tomonidan fanga kiritilgan. Biosferada barcha tirik organizmlar termodinamik muvozanatda bo’ladi. Biosfera o’zining tarkibidagi deyarli barcha tirik moddalarning massasini o’zida mujassamlashtirgan.