Tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproqlar tarkibi turli katta-kichiklikdagi zarralar, jumladan birlamchi minerallarning yirik donachalaridan tortib, mikronlar bilan o`lchanadigan eng mayda kolloid zarrachalari to`plamidan tashkil topgan. Tuproqning mexanik tarkibi asosan ular hosil bo`lgan tuproq paydo kiluvchi ona jinslaridan o`tgan va tuproq paydo bo`lish jarayonida kam o`zgaradi.