Bundan bir necha milliard yillar ilgari yer qattiq tosh va qoyalardan iborat bo`lgan. Unga suv, shamol, issiq va sovuq havo harorati ta`sir etib yemirgan va tuproqqa aylantirgan. Hosil bo`lgan yerda o`simliklar, hayvonlar paydo bo`lgan. Chunki o`simliklar yerdan erigan mineral tuzlarni ildizi orqali surish xususiyatiga ega. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g`oyat beqiyosdir.