Ultratovush bilan davolovchi apparatlarning turi juda ko’p. Odam organizmining turli qismlarini davolash maqsadida ishlab chiqariladigan appparatlarga ginekologiya, oftalmologiya, LOR va tananing tashqi qismlaridan davolovchi apparatlar kiradi. Bu apparatlarda ultratovush hosil qilish sxemasi deyarli bir xil faqat ular chastotalari, elektrodlarining shakli va o’lchamlari bilan farq qiladi. Ularning sxemasida impuls rejimida ishlash uchun impuls hosil qilish sxemasi ham mavjud.