Axborot texnologiyalarining texnik asbob-uskuna taminoti kompyuter va unga tegishli bo`lgan qo`shimcha asbob-uskunalardan tashkil topadi. Hozirgi kompyuterlarning qo`shimcha qurilmalari juda ko`pki, ular yordamida axborotlarni kompyuter xotirasiga kiritish va xotiradagi axborotlarni tashqi har xil malumot tashuvchilarga chiqarish ishlari qulay va oson bajariladi.