Ko`pgina mamlakatlarda yoshlarga doir qonun hujjatlari tizimi tarkib topgan. Yoshlarga taalluqli me`yorlar huquqning barcha sohalarida uchraydi. Yoshlar haqida maxsus qonunlar qabul qilish tamoyillari mavjud chunki, huquqiy tarbiya uzluksiz bo`lib, u yoshlikdan boshlab qo`llanilib borilishi maqsadga muvofiqdir. Huquqbuzarlikka moyil bo`lgan yoshlarni tarbiyalash borasida ijtimoiy ish xodimi malakasini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi yo`lga qo`yilmoqda.