Bugungi kunda respublikamizning pedagog olimlari va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan o’quv-uslubiy majmualarni yaratish va ularni ta’lim amaliyotiga qo’llash ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim bo’yicha kasb-hunar kollejlariga maxsus fan o’qituvchilarini tayyorlash jarayonida pedagogik texnologiyalar samarali qo’llanilishi, bo’lajak o’qituvchilarini kelgusi faoliyatga tayyorlash uchun zamin bo’lib xizmat qiladi.