Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi o’quv jarayonining tashkil etilish jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi. Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o’quvchilarda o’z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo’lishini ta’minlaydi. Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tamonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallagan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradi.