Ushbu jarayondagi mavjud muammolarning xal etishda bugungi zamon talablariga mos muammolarni mustaqil xal eta oladigan, kasbiy mutaxasisligi bo`yicha qo`yilayotgan talablarga to`liq javob bera oladigan yetuk kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Bu esa barcha fanlar mutaxasislari oldiga uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy talablarga javob beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini yaratish vazifasini qo`ydi. Shu kungacha bu borada qator ishlar amalga oshirildi, jumladan: yangi o`quv dasturlari tuzildi, ular sohasida darsliklar va o`quv-uslubiy majmualar yaratildi.