Sho’r yuvish ishlarini rejalashtirish uchun, birinchi navbatda har yili kuzda xo’jalik xududida maxsus tekshirish ishlari o’tkazilib, bunda sho’rlangan maydonlarning hajmi sho’rlanganlik darajasiga ko’ra aniqlanadi. Sho’r yuvish samaradorligiga sizot suvlarining joylashish chuqurligi va minerallashganlik darajasi katta ta’sir etishi sababli, ularning tavsifi berilishi kerak. Tuproqning tuzlari va mexarik tarkiblarini hisobga olgan holda sho’r yuvish soni va me’yorlari belgilanadi.