Mavzuning dolzarbligi: Insonlar va zamonaviy iqtisodiyotning yer kurrasidagi cheklangan tabiiy zahiralarga bo’lgan ehtiyojini bir qadar muqobil energiya manbalari hisobiga qondirish maqsadida hozirgi vaqtda quyosh energiyasiga alohida umid bog’lanmoqda. Chunki, elektr energiyasiga bo`lgan talab kundan-kunga oshib borayotgan bir vaqtda uni ishlab chiqarish bilan bog`liq muammolar yuzaga kelmoqda. Yorug`lik nurlanishi orqali elektr energiyasini olish va to`plashga asoslangan, ekologik toza tizim sifatida qaralayotgan quyosh energetikasi asosida esa fotoelektrik o`zgartirgichlardan tuzilgan modullar yotadi.