Tur ichida duragaylashda irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlari

Tur ichida duragaylashda irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlari
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Referat
Nashr etilgan yili:
2014
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilan vaqti:
2021-04-12 00:12:45
Irsiyat va o’zgaruvchanlikning asosiy gibridologik analiz usulini chex olimi Gregor Mendel ishlab chiqqan. Ma’lumotlarni 1866 yildagi “O’simlik duragaylari ustida tajribalar” nomli asarida chop etdi. Lekin bu ishlardan hyech kim xabardor bo’lmadi va 1900 yilda bir yo’la uch olim uch mamlakatda (Gollandiyada De-Friz, Germaniyada Korrens va Avstriyada E.Chermak) bir-biridan xabarsiz holatda tajribalarida G.Mendel olgan xulosalarga kelishdi. Mendel ishlarining o’ziga xos xususiyati ota-ona juftlarini to’g’ri tanlashdir. Uni tajribalarining obyekti bo’lib gorox o’simligi (Pisimsatirum) xizmat qildi. Bu bir yillik o’zidan changlanuvchi, uning navlari bir-biridan bir, ikki yoki uch juft qarma-qarshi belgilari bilan keskin farq qiladi, o’simliklar oson chatishadi va belgilarning irsiylanishini kuzatish oson. Chatishtirish uchun olingan ota va ona organizmlar R harfi, urg’ochi jins ♀, erkak jins ♂ belgisi, chatishtirish esa x bilan belgilanadi. Irsiyati har xil bo’lgan ikki yoki undan ortiq organizmni chatishtirib olingan avlod duragay deyiladi. Duragay G’ harfi bilan ifodalanib, uning tagidagi raqam bo’g’in sonini ko’rsatadi. Masalan: G’1 – birinchi avlod, G’2 – ikkinchi avlod va h.k. Bir turga kiradigan lekin qandaydir belgilar bo’yicha farq qiladigan organizmlarni chatishtirish tur ichida duragaylash deyiladi. Bir – biridan farq qiladigan belgilariga qarab monogibrid, digibrid va poligibrid chatishtirishlar bo’ladi. Monogibrid chatishtirish. Bir-biridan bir juft qarama-qarshi (alternativ) belgisi bilan keskin farq qiladigan ikki organizmni chatishtirish monogibrid chatishtirish deyiladi. Masalan: Sariq donli gorox bilan yashil donli, uzun bo’yli o’simlik bilan pakana bo’yli, tezpishar o’simlik bilan kechpishar formalar va h.k. Duragayning birinchi bo’g’inida yuzaga kelgan, ustun chiqqan belgi – dominant, duragaylarning birinchi avlodlarida rivojlanmagan belgi esa kuchsiz – resessiv belgi deyiladi.

Дабавлено : 2021-04-12 00:12:45

Этот категорий

Ўзбекистонда демократик жамият қуриш назарияси ва амалиёти

Бухгалтерский учет и аудит

Қарақалпақ тилинде теңлес еки компонентли фразеологизмлер oқыў - методикалық қолланба

Ижтимоий-маданий фаолиятда сценарийчилик

Озиқ-овқат маҳсулотлари технологияси

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш