Ma’naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida o`rganish faqat mamlakatimiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyingina boshlandi. Bu esa mustaqillik sharoitidagi milliy tafakkur taraqqiyotimizda yangi yo`nalishdir. Shuning uchun ham Islom Karimov tomonidan yaratilgan milliy ma’naviy tiklanish konseptsiyasi muhim ahamiyatga ega.