Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng, axborotlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo`nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta`lim to`g’risida» gi qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so`nggi yillar ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi.