Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta`lim texnologiyalarining ahamiyati to`g’risida so`z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning "O`quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarini keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko`rsatadigan o`qituvchilarga e`tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta`lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko`tarish diqqatimiz markazida bo`lishi darkor"1 degan so`zlarini ta`kidlash o`rinlidir. Bu masala "Barkamol avlod yili" Davlat dasturida ham asosiy yo`nalishlardan biri sifatida e`tirof etilgan.