Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr o`rtalarida Grek-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida bo`ldi (zamonaviy O`zbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston). Kushon davlati eramizning I asri birinchi armida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri Kushonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kushon xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib, yuechjey qabilalaridan irining nomi bo`lish ehtimoli bor.