XX- asrning birinchi choragida buyuk fizik A. Eynshteyn yaratgan nisbiylik nazariyasi fazo, vaqt va tortishishning umumiy nazariyasidan iboratdir. U yaratilgunga qadar fanda fazo va vaqt haqida klassik Nyuton mexanikasi tasavvurlari hukmron edi. Kvant mexanika vujudga kelgani bilan klassik mexanika tasavvurlari qo’llanish sohasi chekli ekanligi ma’lum bo’ldi. Xususan,ular jismlarning yorug’lik tezligiga yaqin katta harakat tezliklarida yaroqsizdir. 1860-yillarga J.Maksvell tomonidan ifodalangan elektrodonamika tenglamalari Nyuton mexanikasi tenglamalariga mos tushmasligi ma’lum bo’ldi. Maykelson tajribasi amalgam oshirilgandan so’ng ziddiyatlar ayniqsa kuchaydi ; bu tajriba natijalarini klassik fizika doirasida hech ham tushunib bo’lmasdi.