Hozirgi kunda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to`g`risida” gi qonunning 2-bosqichiga o`tilgan vaqtda, pedagogik jarayon har bir O’quvchining o`ziga xosligiga asoslangan holda tashkil etish bilan uning jismoniy, aqliy, ma’naviy-ruhiy rivojlanishini ta’minlashni vazifa qilib qo`ydi. Bu vazifani to`laqonli qilib bajarish uchun umumta’lim maktablarida tibbiy xizmatni va “Sog`lom avlod” asoslari darslarini O’quvchilarning ma’naviy-ruhiy rivojlanishdagi hamda ularning individual xususiyatlaridagi o`zgarishlarni to`laqonli anglashda pedagogik va interaktiv vosita usullaridan unumli foydalanish imkonini beradi. Mazkur qo’llanma yo’qoridagi fikrlarning mohiyatini batafsil ifodalab beradi.