O’zbekiston mustaqillikka erishgach, erkin jamiyatni–adolatli fuqorolik jamiyatini qaror toptirish xalqimizning ulug’vor maqsadlaridan biri sifatida belgilab qo’yildi. Zotan mamlakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat prinsiplariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo’lmog’i lozim.