Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o`gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug`ildi. Zamondoshlari uning haqida ko`pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar. `Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani bo`lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, "mir" - amir demakdir. Uning otasi G`iyosiddin Muhammad (uni G`iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi.