Xar bir mamlakatning shu jumladan bizning mustaqil O‟zbekistonimizning iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy ravnaqi barcha xo`jalik ishlar darajasining ko`tarilishi orqali belgilanadi. Bu ayniqsa xalq xo`jaligining yetakchi tarmoqlaridan bo`lmish mashinasozlikka taaluqlidir. Shuning uchun mashinasozlik rivojlanishiga umumiy ishlab chiqarishni rivojlanishiga nisbatan ortiqroq e`tibor beriladi.