Mazkur darslik dehqonchilikda tuproq-iqlim sharoitiga mos ilmiy izlanishlarni amalga oshirishga bag`ishlangan. Kitobda O`zbekiston Respublikasida ekilayotgan asosiy qishloq xo`jalik ekinlari, sabzavotchilik va bog`dorchilikda olib borilayotgan ilmiy izlanish hamda tajriba turlari, ekinlar agrotexnikasini ilmiy tajribalarda aniqlash yo `llari yoritilgan. O`simliklar bilan olib boriladigan turli kuzatishlarning uslublari, ularni amalga oshirish yo `Ilari batafsil yoritib berilgan.