Ma`lumki kraxmal shakarini va kristall glyukozani makka juxori kraxmalidan olinadi, shuning uchun uni ayrim xollarda makka shakari deb aytiladi. Oxirgi paytda glyukoza ishlab chiqarishda biologik katalizatorlar-fermentlar keng qo`llanilmoqda.Fermentativ gidroliz maxsulotlarini 96-98 % ini eruvchan moddalar tashkil qiladi, kislotali gidroliz natijasida hosil bo`lgan gidrolizatlarda esa 90-91 % dan oshmaydi.